O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlarini 2023 yilda oshirish rejalashtirilmagan. «Lekin bu mazkur masalani muhokama qilmayapmiz degani emas. Turli variantlarni ko‘rib chiqyapmiz, ijtimoiy normalar muhokama qilinyapti», — dedi vazir o‘rinbosari.
Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda O‘zbekistonda gaz va elektr sohasida o‘g‘irlik darajasi juda yuqori ekani aytildi. Shavkat Mirziyoyev energetika nazorati bo‘yicha ikki yil «favqulodda tartibda» ishlash vazifasini qo‘ydi.
O‘zbekistonda birinchi qor yog‘ishi bilan energiya tizimi inqirozga yuz tutdi. Bunga asosan aholi soni oshib borayotgani sabab qilib ko‘rsatildi. Xorijdagi yirik shaharlarda ham shunday muammo bormi? Ularda ham gaz va «svet» tez-tez o‘chadimi? «Gazeta.uz» ayni shu mavzuda chet eldagi o‘zbeklar bilan suhbatlashdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari topshirig‘iga asosan 2023-yilning 1-martigacha davlat muassasasiga qarashli mashinalarga gazdan foydalanishni vaqtincha taqiqlanadi. Shuningdek, 2 oy muddatga AI-80 benzini importi va uni chakana sotish uchun aksiz solig‘i undirish bekor qilinadi.
Taxminan soat 11:00 larda O‘zbekistonning ayrim hudularida, shu jumladan Toshkent shahri elektr energiyasida uzilish sodir bo‘ldi. Hozircha mobil aloqa ishlamoqda. «Gazeta.uz» manbalari O‘zbekiston energotizimida yirik avariya sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, elektr energiya va gaz sohasi «korrupsiya qilish uchun isloh qilinmagan». U 2021 yilda 5377 mahallada (60%) 15 ming km elektr uzatish tarmoqlari va 4000 ta transformatorlarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Energetika vaziri o‘tgan 25 yillik davrga qaraganda so‘nggi 4 yilda 2,5 baravarga ko‘proq elektr tarmoqlari qurilganini ma’lum qildi.
Inomjon Tog‘ayev Amerika Ovozi`ga bergan intervyusida gaz va elektr ta’minotidagi noreal qarzdorlik, uni aholiga to‘latish holatlari haqida gapirdi. Uning aytishicha, «bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan». Shuningdek, Tog‘ayev ASKUE tizimi haqida gapira turib, «bu onlayn so‘zi nomiga bor», dedi.
Quyi palata deputati Doniyor G‘aniyev energiya inqirozi davrida uyini isita olmagan, farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmagan odamlarga islohotlarning nima keragi bor, degan savolni o‘rtaga tashladi. U bunda aybdor rahbarlar iste’fosi eng maqbul yo‘l ekanini qayd etdi. «Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi», — dedi deputat.
Uyida gaz va svet yo‘q 10 dan ortiq xotin-qizlar Qo‘qon shahar hokimiyati oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, mutasaddilar ularning so‘zlarini eshitmayapti. Yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan haydovchilarga qarata ayollar, — “urib ketishingiz mumkin, baribir uy sovuq”, — deya javob qaytarishgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting